Ilon Mask va Mark Sukerberg o‘rtasidagi jang mashhur tarixiy obidada o‘tkazilishi mumkin

Olam

image

Dunyoning ikki texnologik giganti, Twitter va Meta egalari Ilon Mask hamda Mark Sukerberg o‘rtasida qafas jangi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik. Italiya Madaniyat vaziri Sukerberg bilan bog‘lanib, unga jangni Rimdagi Kolizey amfiteatrida o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda “Business Insider” xabar berdi

Qayd etilishicha, Italiya Madaniyat vaziri bilan gaplashgach, Sukerberg uning taklifini UFC rahbari Dena Uaytga yetkazgan. Shundan so‘ng, Dena Uaytning odamlari Italiya hukumatining yuqori martabali amaldorlari bilan bog‘langan. 

Ilon Maskning o‘zi ham Twitter sahifasida jangning Kolizeyda o‘tkazilishi mumkinligi yozgan. Mask, shuningdek, Quddus kolizeyidagi jang tasvirlangan mashhur “Monty Python's Life of Brian” komedik filmidan lavhani joylab, “bardoshim ustida ishlashim kerak”, deb yozib qoldirgan. Shunga ko‘ra, ko‘pchilik Ilon Mask mazkur shov-shuvli bahsning Kolizeyda o‘tkazilishiga rozi bo‘lganini taxmin qilyapti. 

Sukerberg esa Rimning birinchi ipmperatori Oktavian Avgustning faoliyatiga qiziqishi va hatto soch turmagini ham unga taqlidan o‘zgartirgani aytiladi. 

Ushbu jang o‘tkazilishi hozircha aniq emas. Biroq, Maskning onasi bir-necha bor uni bekor qilishga harakat qildi. Otasi esa, “The Sun” nashriga bergan intervyusida Maskning g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘qligini aytdi. 

Keyinroq, 27 iyun kuni Twitter tarmog‘ida 52 yoshli milliarderning podkaster Leks Fridman bilan mashg‘ulot o‘tkazayotgani aks etgan suratlar tarqaldi. 

Dena Uaytning o‘zi bunga izoh berar ekan, ikki milliarder ham u bilan yarim soatdan telfonda suhbatlashganidan keyin ularning jang bo‘yicha niyati jiddiy ekaniga amin bo‘lganini yozgan. 

Garchi Kolizey o‘z vaqtida 80 minggacha tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira olgan bo‘lsada, hozirgi kunda tarixiy ahamiyati sabab konsert va boshqa madaniy tadbirlar juda kam holatda uning ichida o‘tkaziladi. Misol uchun, 2005 yilda Elton Jonning konsert dasturi Kolizeyda o‘tkazilgandi. 

BBC nashriga ko‘ra, shu yil oxirida restavratsiya ishlari yakuniga yetgach, Kolizeyda yig‘iladigan maxsus sahna paydo bo‘ladi va shundan keyin bu yerda konsert va teatr tomoshalari o‘tkazilishiga ruxsat beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

jang Ilon Mask Mark Tsukerberg Kolizey

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made