Ilon Mask o‘zining kosmik stansiyasini mustaqil shaharga aylantirmoqchi
Olam
−
16 dekabr
2453SpaceX kompaniyasi o‘zining Starbase kosmik bazasini Texasda yangi shaharga aylantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ilon Mask yaqin atrofdagi aholidan yangi administrativ tuzilma tashkil etish haqida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
“SpaceX bosh qarorgohi endi rasman Texasning Starbase shahrida bo‘ladi!”, deydi Ilon Mask o‘zining X’dagi sahifasida.
Starbase – kuchli Starship raketalarini ishga tushirish uchun start joyi hisoblanib, u Texasning janubida joylashgan.
Bu Starbase’ni mustaqil shahar qilishga birinchi urinish emas. Mask bu g‘oyani 2021 yilda ham ilgari surgan. O‘sha paytda u Texasda Starbase shahrini yaratish taklifini e’lon qilgan. Hozirgi kunda Starbase maydonida SpaceX kompaniyasining 3400 dan ortiq xodimlari ishlamoqda. Biroq SpaceX’ning bu mintaqadagi tez rivojlanishi ba’zi mahalliy aholining noroziliklariga sabab bo‘lgan. Xususan, joriy yil boshida “Save RGV” deb nomlangan guruh kompaniyani ekologik qonunlarni buzganlikda va yaqin atrofdagi ko‘rfazni ifloslantirganlikda ayblab, sudga ariza bergan. Bunga javoban SpaceX mustaqil davlat tekshiruvi hech qanday ekologik xavflarni aniqlamaganini va da’voni “jiddiy emas” deb baholaganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask 400 mlrd dollardan ortiq boyligi bor dunyodagi ilk odamga aylangandi.
LiveBarchasi