Ilon Mask kompaniyasi odamlarni chiplashtirishga ruxsat oldi
Olam
−
26 may 2023
5504Amerikalik milliarder Ilon Maskning miya chiplarini ishlab chiqaruvchi Neuralink kompaniyasi klinik sinovlarni odamlarda o‘tkazishga ruxsat oldi. Bu haqda kompaniyaning o‘z Twitter sahifasida ma’lum qilindi.
“Biz AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA)dan odamlarda birinchi klinik sinovimizni boshlash uchun ruxsat olganimizni e’lon qilishdan mamnunmiz”, deyiladi tvitda.
Qayd etilishicha, Ilon Mask so‘nggi to‘rt yil ichida bir necha marta chiplarni odamlarda sinovdan o‘tkazishni e’lon qilgan va Neuralink 2022 yil boshida FDA’dan ruxsat so‘rab, ariza yo‘llgan, ammo ularning arizasi rad etilgan. O‘shanda kompaniya ruxsat olmaganlik sababini hal qilinishi kerak bo‘lgan bir nechta muammolar borligi bilan izohlagan.
Ketirilishicha, klinik sinov ishtirokchilarini yollash bo‘yicha ma’lumotlarni tez orada e’lon qilinadi.
Mask miya implantlari semizlik, autizm, depressiya va shizofreniya kabi bir qator kasalliklarni davolay oladi, shuningdek, veb-sahifalarni ko‘rish va telepatiyani o‘qishni ta’minlaydi, deb taxmin qilmoqda. O‘tgan yil oxirida u qurilmalar xavfsizligiga juda ishongani uchun chiplarni hatto o‘z farzandlariga joylashtirishga tayyorligini aytgan.
Bundan tashqari, 2021 yil boshida Maskning ishchilari maymunni chip bilan implantatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng, ushbu neyroimplant yordamida unga shaxmat o‘ynashni o‘rgatildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, chipli maymun virtual stol tennisi o‘ynashni o‘rgangan.
Ma’lumot uchun, Neuralink startapi Ilon Mask tomonidan 2016 yilda tashkil qilingan. Neuralink’ning bevosita maqsadi falaj bo‘lgan odamlarga kompyuter va telefonlardan foydalanishi uchun chiplarni qanday implantatsiya qilishni o‘rganish va buni hozirgi usullarga qaraganda miyani kamroq shikastlanish yo‘li bilan amalga oshirishdir.
Operatsiyadan so‘ng, odamlar Neuralink tomonidan o‘ylab topilganidek, fikr kuchi bilan matnli xabarlarni yozish va internetdagi sahifalarni boshqarishi mumkin bo‘ladi.
Neuralink ma’lumotlariga ko‘ra, uzoq muddatda millionlab odamlar o‘z tanalarini kibernetik jihatdan yaxshilashni va implantatsiya qilingan chiplar yordamida, masalan, raqamli fikrlarni almashish yoki notanish xorijiy tilni miyaga yuklab olish imkoniyatini qo‘lga kiritishni xohlashadi.
LiveBarchasi