Uchinchi bemorga Neuralink implantlari o‘rnatildi – Mask

Texnologiya

image

Neuralink kompaniyasi o‘zining chipini uchinchi bemorga muvaffaqiyatli o‘rnatdi. Bu haqda amerikalik tadbirkor Ilon Mask Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan tadbirdagi chiqishida ma’lum qildi.

“Ayni paytda uch nafar odamda Neuralink implantlari bor va ular barcha hollarda yaxshi ishlamoqda”, dedi kompaniya asoschisi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yilda Neuralink yana 20-30 ta implant o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Ilon Mask 2024 yil sentyabr oyida Neuralink’ning yangi Blindsight implanti haqida xabar bergandi. Uning ta’kidlashicha, bu qurilma tug‘ma ko‘r insonlarga ko‘rish qobiliyatini qaytarishi mumkin. Boshida qurilmadan foydalanuvchilar past sifatli tasvir bilan cheklanishiga to‘g‘ri keladi. Ammo kelajakda u odamlarga ikki spektrda – ultrabinafsha va infraqizil spektrlarda ko‘rish imkoniyatini ham beradi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 2024 yil avgust oyida Neuralink kompaniyasining ikkinchi bemorga chip o‘rnatganini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, bemorning miyasiga o‘rnatilgan 400 ta elektrod muvaffaqiyatli ishlagan. Shuningdek, Mask ularning ishlash sifatini “ajoyib” deb baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Neuralink

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing