Ilon Mask kompaniyasi maymunni videoo‘yin o‘ynashga o‘rgatdi 

Texnologiya

image

Milliarder Ilon Mask tomonidan asos solingan Amerikaning Neuralink kompaniyasi maymunni muvaffaqiyatli ravishda chiplashtirdi va uni videoo‘yinlar o‘ynashga o‘rgatdi. Bu haqda "Bloomberg" xabar bergan. 

"Bizda bosh suyagida implant bo‘lgan maymun bor, u aql bilan videoo‘yinlar o‘ynashi mumkin. Implant ko‘rinmas, maymun xursand", degan Maskning o‘zi. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil avgust oyida Neuralink taqdimotida Ilon Mask miyaga chiplar o‘rnatilgan cho‘chqalarni namoyish etgan. 

Tadbirkorning fikriga ko‘ra, kelajakda chiplashtirish texnologiyasi miya yoki umurtqa pog‘onasi bilan og‘rigan odamlarga yordam berishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, miyaga o‘rnatiladigan chiplar orqali masofadan turib fikrni uzatish, sun’iy ong orqali miya faoliyatini boshqarish, miya orqali kompyuterdan foydalanish, chip orqali miyadagi ma’lumotlarni o‘qish va unga yuklash imkoniyatlari mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

maymun chiplashtirish

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing