Ilon Mask Xitoyga bordi

Olam

image

Milliarder Ilon Mask Xitoyga borib, mamlakat Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh vazir Li Syan Mask bilan uchrashuvida Xitoy barcha mamlakatlar, jumladan, Tesla korxonalari uchun bozorga yo‘naltirilgan biznes muhitini yaratganini ta’kidlagan. U, shuningdek, Xitoy yuqori darajadagi ochiqlikni so‘zsiz targ‘ib qilishda davom etishi va yaxshi xalqaro biznes muhitini yaratishga intilishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Xitoy Tesla'ning AQSHdan keyingi ikkinchi eng yirik bozori hisoblanadi. Shuningdek, Shanxaydagi elektromobil zavodi kompaniyaning eng katta ishlab chiqarish markazi sanaladi.

Maskning tashrifi Xitoyda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri birinchisi bo‘ldi. Tesla rahbari ushbu mamlakatga oxirgi marta 2020 yilda borgan va o‘shanda Shanxaydagi zavodda tashkil etilgan tadbirda raqs tushib, shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Maskning rejalashtirilgan tashrifi, shuningdek, Xitoy uch yillik COVID cheklovlari tufayli zarar ko‘rgan iqtisodiyotni mustahkamlashga yordam berish uchun ko‘proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga urinayotgan bir paytda amalga oshmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyi oxirida Ilon Maskning Xitoyga borishi rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Tesla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing