Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollarga kambag‘allashdi
Olam
−
09 Sentabr 2020
10533Amerikalik ixtirochi-milliarder Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ini yo‘qotdi. Bunga milliarderning Tesla kompaniyasi aksiyalari keskin qadrsizlangani sabab bo‘ldi.
Nyu-York birjasi yopilishdan avval elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniya aksiyalari 21,06 foizga arzonlashgan.
Tesla aksiyalari arzonlashishiga kompaniya o‘tgan haftada yirik S&P 500 indeksiga kira olmagani sabab bo‘ldi.
Bundan tashqari, Nikola va GM Badger elektr yuktashuvchilarini ishlab chiqarish uchun birlashishini ma’lum qildi. Bu esa Tesla`ning shu turdagi Cybertruck mahsulotiga jiddiy raqobta yuzaga kelishini anglatadi.
Ma’lumot uchun, Tesla aksiyalari narxi keskin qimmatlashgani ortidan uning xo‘jayini Ilon Mask dunyo boylari reytingida 3-o‘ringa chiqib olgandi.
LiveBarchasi