Ilk bor tirik donordan koronavirusga chalingan bemorga o‘pka ko‘chirildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Yaponiyaning Kioto universiteti mutaxassislari tirik donorlardan koronavirus sabab og‘ir pnevmoniyaga chalingan bemorga o‘pka ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi birinchi operatsiyani muvaffaqiyatli bajardi.  

Mutaxassislarga ko‘ra, tirik donordan o‘pka ko‘chirib o‘tkazish o‘pkasi og‘ir jarohat olgan bemorlar uchun istiqbolli davo bo‘ladi. 

Yaponiyalik olimlar bemor ayolga eri va o‘g‘lining o‘pkasidan ma’lum qismlarni ko‘chirib o‘tkazgan.  

Ta’kidlanishicha, ayol o‘tgan yil oxirida koronavirus bilan kasallangan, uning holati asta-sekin yomonlashib borgan. Oqibatda uning ikkala o‘pkasi ham ishdan chiqa boshlagan. 

Operatsiya taxminan 11 soat davom etgan. Ayni paytda bemor va ikki donor ham o‘zini yaxshi his qilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, bunday operatsiya dunyoda birinchi marta amalga oshirilgan. Ilgari koronavirus bilan kasallangan bemorlarga faqat miya komasida bo‘lgan donorlarning o‘pkalari ko‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya operatsiya

Baholaganlar

275

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing