Ilk bor Antarktika suvlarida akula qayd etildi
Bu qiziq
−
19 fevral 3940 1 daqiqa
Avstraliyalik tadqiqotchilar ilk bor Antarktika suvlarida akulani qayd etdi. U Janubiy Shetland orollari yaqinida 490 metr chuqurlikda tadqiqot apparatiga o‘rnatilgan kamera tomonidan tasvirga olingan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Tadqiqotchi Alan Jeymisonning so‘zlariga ko‘ra, ekspeditsiya ishtirokchilari u yerda akula uchratishni umuman kutmagan.
“Biz u yerga akulalarni ko‘ramiz deb bormagandik, chunki Antarktidada akulalar bo‘lmaydi degan umumiy qoida bor. Qolaversa, bu kichkina akula ham emas. Bu juda katta akula. Bu jonzotlar haqiqiy tanklar”, deydi u.
Uzunligi 3-4 metr bo‘lgan akula 2025 yil yanvar oyidayoq kameraga tushirilgan, biroq ma’lumotlar endigina oshkor qilindi.
Bungacha akulalar Antarktikaning og‘ir sharoitida yashay olmaydi, deb hisoblangan. Biroq aniqlangan namuna (taxminan qutb yoki “uyquchi” akula) o‘zini qulay his qilgani qayd etilgan. Olimlar yirtqichlarning kichik populyatsiyasi aynan shu chuqurliklarda yashashi mumkinligini taxmin qilmoqda. Akulalar kitlar va ulkan kalmarlarning qoldiqlari bilan oziqlanadi.
Live
Barchasi