Yerto‘lada akula emas, “Akulasimon som” boqilgani ma’lum bo‘ldi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, Farg‘ona viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘lasida sun’iy hovuz o‘rnatilib, unda akula boqilayotgani aniqlangani haqida xabar bergan edi. Biroq hovuzda akula emas, baliq boqilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Bildirilishicha, holat Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan. O‘rganish natijasida Farg‘ona shahri “Muruvvat” MFYda yashovchi fuqaro T.M. tomonidan aslida akula emas, balki Siam somi balig‘i boqilayotganligi ma’lum bo‘lgan.

“Afsuski, internetda ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula boqilyapti, degan noto‘g‘ri xabar tarqalib ketdi. Buning uchun uzr so‘rayman. Hozirda baliqlarni yerto‘lada emas, uyimning hovlisiga joylashtirganman”, deydi fuqaro.

Ma’lumot uchun, Siam somi balig‘i akvarium balig‘i hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishi akulaga o‘xshaganligi uchun “Akulasimon som” yoki shunchaki Pangasius nomi bilan ham tanilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing