Ilk bor 5 ta partiya barcha deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatdi
Jamiyat
−
20 Sentabr
34862024 yilgi parlament saylovlari O‘zbekistonda yangi tartib va shaklda o‘tkazilmoqda. Markaziy saylov komissiyasi 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni yakunladi.
Bu yilgi saylovlar aralash tizimda, ya’ni majoritar va proporsional tizim asosida o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, Qonunchilik palatasi 150 nafar deputatining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylovchilarning bevosita aniq bir nomzodlarga bergan ovozlariga muvofiq saylanadi. Qolgan, 75 nafari esa, yagona saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda partiya ro‘yxati asosida saylanadi.
Saylovoldi jarayoni ham yangilangan shaklda o‘tmoqda. Jumladan, “E-saylov” interaktiv portali ishga tushirildi, bu tizim orqali partiyalar nomzodlarining qonunchilik talablariga muvofiq tez va samarali ro‘yxatga olinishi ta’minlandi.
Markaziy saylov komissiyasining majlisida siyosiy partiyalar tomonidan Qonunchilik palatasiga ko‘rsatilgan barcha nomzodlar ro‘yxatga olinib, 22 sentyabrdan boshlab rasman tashviqot kampaniyasi boshlanishi e’lon qilindi.
Majlisda qayd etilganidek, bu yilgi saylovlarda 875 nafar nomzod Qonunchilik palatasi uchun kurashadi. Ulardan 44,2 foizi 45 yoshgacha bo‘lganlar bo‘lsa, nomzodlar orasida eng yoshi 25 yoshdagi nomzoddir. Bu, saylovlarning yoshlarga ham keng yo‘l ochayotganidan dalolat beradi. Ushbu ko‘rsatkichlar yoshlar va tajribali siyosatchilar o‘rtasida muvozanatni saqlanishidan dalolat beradi.
Milliy saylov tajribamizda ilk marotaba beshta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi.
Markaziy saylov komissiyasi saylov jarayonlarini shaffof va ochiq o‘tkazish maqsadida tashviqot davri uchun maxsus efir vaqtlari va nashr maydonlarini ajratdi. Bu partiyalar va nomzodlar o‘rtasida teng sharoit yaratib, saylovchilarga nomzodlar va ularning dasturlari haqida to‘liq ma’lumot olish imkonini beradi.
LiveBarchasi