“Ilhom” teatri asoschisining qotili Chinchak O‘zbekistonda jazo o‘tayapti

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkentdagi “Ilhom” teatri asoschisi Mark Vaylning qotili Chinchak laqabli jinoyatchi Yoqub Ahrorovich G‘afurov Tojikistonga yuborilgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati Yoqub G‘afurov ishi bo‘yicha QALAMPIR.UZ`ga ma’lumot berdi.

“2019 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Tojikiston Respublikasi Bosh prokuraturasining so‘roviga asosan, Tojikiston Respublikasi hududida sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortish maqsadida fuqaro Yoqub G‘afurov uch oylik muddatga vaqtinchalik topshirildi.

Joriy yilning 7 may kuni Yoqub G‘afurov Tojikiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qayta topshirildi”, deyiladi nazorat organi axborotida.

Hozirgi vaqtda u O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etgan jinoyatlari uchun muqaddam tayinlangan jazoni o‘tashda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yoqub G‘afurov Toshkentdagi “Ilhom” teatri rahbari Mark Vaylni 2007 yilda o‘ldirganlikda ayblanib, 2010 yilning 17 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi hukmi bilan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Ma’lumot uchun, “Ilhom” teatri rahbari va asoschisi, rejissyor Mark Vayl 2007 yilning 6 sentyabrida, teatrning 32-mavsumi ochilishidan bir kun oldin o‘z uyi yo‘lagida pichoqlab ketilgan va keyinchalik shifoxonada vafot etgan. U 55 yoshda bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yoqub G'afurov Mark Vayl

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing