Ilhom Aliyevga Erdo‘g‘anning sovg‘asi topshirildi
Olam
−
04 aprel 2023 11061 1 daqiqa
Turkiyada ishlab chiqarilgan ilk milliy avtomobil – Togg elektromobili Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning qo‘ligi yetib bordi. Bu haqda davlat rahbarining saytida xabar qilindi.
Prezident Matbuot xizmati Aliyevning Turkiyada ishlab chiqarilgan Togg elektromobili bilan tushgan suratini e’lon qildi.

Avtomobil unga bugun, 4 aprel kuni yetkazib berilgan va u qizil rangda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 aprel kuni Turkiya poytaxti Anqaradagi prezidentlik majmuasida davlat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anga Togg elektromobili topshirilgan edi. Erdo‘g‘an unda rafiqasi bilan sayr qilgach, jurnalistlarga intervyu berdi va avtomobil Prezidentlar Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevga yetkazib berilishini aytdi.
Elektromobil 218 ot kuchiga ega bo‘lib, ikki xil batareya varianti bilan 314 va 523 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Batareyalar 28 daqiqadan kamroq vaqt ichida 20 dan 80 foizgacha quvvatlanishi mumkin. Shuningdek, elektromobilning ikkinchi versiyasi joriy yilning oktyabr oyida taqdim etilishi aytilmoqda.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr