Ilhom Aliyev Ukrainada! Tashrif maqsadi ochiqlanmayapti

Olam 5105
image
-

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 14 yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ukrainaga bordi. 

Har ikki davlatning davlat bayroqlari hilpirab turgan “Borispol” nomidagi Kiyev xalqaro aeroportida Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. 

Davlat rahbarini Ukraina Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Emine Japarova va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. 

Shu bugunning o‘zida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida yakkama yakka uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat rahbarlarining sayti ham, mahalliy ommaviy axborot vositalari ham uchrashuvlarda qaysi masalalar tilga olingani, umuman safardan ko‘zlangan maqsadni ochiqlamayapti. 

Yakkama yakka uchrashuvlardan so‘ng, delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish boshlangan. Yig‘ilish so‘ngida ikki davlat rahbarlari muhim hujjatlarni imzolashi kutilmoqda.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 220
Reyting: 3.1
t
×