Ilhom Aliyev Londonda yashaydigan opasini mukofotladi

Olam

image

Ozarbayjonning 3-prezidenti, zamonaviy Ozarbayjon me’mori sifatida talqin etiluvchi Haydar Aliyevning qizi, amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyevning opasi Sevil Aliyeva “Sharaf” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Sevil Haydar qizi Aliyevani mukofotlash to‘g‘risidagi farmoni bugun, 11 oktyabr kuni imzolangan. Ilhom Aliyev “Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandi”ni hisobga olgan holda opasini Ozarbayjon musiqa san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun “Sharaf” ordeni bilan mukofotlagan. Aliyeva ertaga, 12 oktyabr kuni 70 yoshga to‘ladi. 

Ozarbayjon vitse-prezidenti va birinchi xonimi Mehribon Aliyeva bilan munosabatlari tarang ekani aytiladigan Sevil Aliyeva 2003 yilda otasining vafotidan so‘ng mamlakatni tark etgan. Ozarbayjonning muxolif “Ozod so‘z” nashriga ko‘ra, marhum prezident Haydar Aliyev kelini Mehribon Aliyevaning siyosatga aralashuviga hech qachon imkon bermagan, uning siyosiy faoliyatini istalmagan vaziyat sifatida baholagan. Biroq kelini Haydar Aliyevning o‘limidan so‘ng siyosatda faollashgan, 2005 yilda Yangi Ozarbayjon partiyasidan Milliy Majlis (parlament) deputati bo‘lgan. Bunga e’tiroz bildirganlar orasida Ilhom Aliyevning opasi Sevil Aliyeva va amakisi Jalol Aliyevlar ham bo‘lgan. Ba’zi manbalar Mehribon Aliyevani 10 yildan beri qaynopasini Ozarbayjonga kiritmayotganlikda ayblaydi. Biroq Sevil Aliyevaning turmush o‘rtog‘i Mahmud Mammadquliyev 1993 yildan beri Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Sevil Aliyeva 1955 yil 12 oktyabrda Baku shahrida tug‘ilgan. Bir qiz va ikki o‘g‘lining onasi bo‘lgan Aliyeva 1986 yilda musiqiy faoliyatini boshlagan va bir qator qo‘shiqlarning, jumladan onasi – marhum akademik Zarifa Aliyevaga bag‘ishlangan “Ona” elegiyasining muallifidir. 

Haydar Aliyev, Sevil Aliyeva, Ilhom Aliyev, Zarifa Aliyeva

U 1971–1977 yillarda Ozarbayjon Davlat Universitetining sharqshunoslik fakultetida arab tili bo‘yicha o‘qigan. 1977–1980 yillarda Moskva shahridagi SSSR Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining aspiranturasida tahsil olgan. 1981 yilda ilmiy tadqiqot ishini muvaffaqiyatli yakunlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Tarix fanlari nomzodi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev mukofot Sevil Alieva Sharaf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing