Ilhom Aliyev Erdo‘g‘an bilan ko‘rishib, Qorabog‘ masalasini muhokama qildi

Olam

image

Kecha, 9 avgust kuni Konya shahrida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Prezident Ilhom Aliyev 5-Islom birdamlik o‘yinlarining ochilish marosimiga taklif qilgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirgan. 

Turkiya davlati rahbari ham, o‘z navbatida, taklifni qabul qilib, tadbirda ishtirok etgani uchun Prezident Ilhom Aliyevga rahmat aytgan. 

Ozarbayjon rahbari Islom birdamlik o‘yinlarining ajoyib tashkil etilgani bilan tabriklagan. 

Suhbat chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik va ittifoqchilik munosabatlari barcha sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlangan. 

Erdo‘g‘an Qorabog‘dagi so‘nggi voqealar munosabati bilan Turkiyani yana bir bor qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, shuningdek qurbon borligini munosabati bilan hamdardlik bildirgan. 

Uchrashuvda mintaqadagi urushdan keyingi davr yuzasidan fikr almashilgan, iqtisodiyot, energetika, transport va harbiy sohalardagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Ilhom Aliyev Turkiyaga rafiqasi – vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva bilan borgan edi. Biroq tadbirlarda Turkiya Prezidentining rafiqasi Emina Erdo‘g‘an ishtirok etmagan. 

3 avgust kuni Ozarbayjon bilan to‘qnashuv chizig‘ida vaziyatning keskinlashishi oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, yana 14 nafari yaralangan.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Mudofaa vazirligi xabar qilishicha, ayni vaqtda vaziyat nisbatan sokinlashgan, Tog‘li Qorabog‘ kuchlari rossiyalik tinchlikparvar kuchlar bilan birga vaziyatni barqarorlashtirish ustida ish olib bormoqda. 

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi “Qasos” amaliyoti o‘tkazilganini ma’lum qildi. Amaliyot boshlanishiga kecha Lochin viloyati yo‘nalishidagi pozitsiyalariga arman qurolli tuzilmalari o‘t ochgani sabab bo‘lgan. Hujum oqibatida bir nafar harbiy qurbon bo‘lgan.

Qorabog‘ urushi

Ozarbayjon va Armaniston 2020 yil aynan Qorabog‘ hududi masalasida o‘zaro hisob-kitob qilib oldi. Ikkinchi Qorabog‘ urushi yoki “Vatan muhorabasi” nomi bilan tarixga kirgan harbiy to‘qnashuvlar 2020 yilning 27 sentyabr kuni boshlanib, 44 kun davom etdi. 2020 yilning 9 noyabridan 10 noyabrga o‘tar kechasi “Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqida”gi bayonot imzolandi. Urush yakunlariga ko‘ra, Turkiya qo‘llovidagi Ozarbayjon g‘alaba qildi. Rossiyaning yordamiga umid qilgan Armaniston esa mag‘lubiyatga yuz tutdi. 

Harbiy salohiyati bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinda turuvchi Turkiya Qorabog‘ urushida faol tarzda Ozarbayjonni ham ruhiy, ham siyosiy, ham harbiy jihatdan qo‘lladi. Aslida, Turkiya Birinchi Qorabog‘ urushidan beri Ozarbayjonni qo‘llab keladi. 2010 yilda ikki davlat harbiy hamkorlik borasida strategik sheriklikka erishgach, ushbu qo‘llov amaliy ko‘rinish kasb eta boshladi. Shundan so‘ng, Turkiya Ozarbayjon Qurolli Kuchlari uchun zobitlar tayyorlab, ushbu davlatga qurol eksport qilish bo‘yicha Rossiya va Isroildan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqdi. Ayniqsa, o‘tgan 2020 yilda qurol eksporti 6 barobarga ortib ketdi. Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar oldidan esa bu ikki davlat o‘zaro harbiy dala o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar yakunida Turkiya Ozarbayjonda 2 ta F-16 qiruvchi samolyotini ham qoldirgani aytiladi. Turkiyada ishlab chiqarilgan “Bayraktar” uchuvchisiz harbiy apparatlarining ham Ozarbayjon g‘alabasini ta’minlashdagi o‘rni yuqori bo‘ldi.

44 kunlik urush yakunlariga ko‘ra, Ozarbayjon armiyasi mamlakatning 5 shahri, 4 ta posyolka va 286 ta qishlog‘ini arman bosqinchilaridan ozod qildi. Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining 2, 9 mingdan ortiq harbiy xizmatchisi o‘z ona yurtlarini ozod qilish uchun kurashda halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Rajab Toyib Erdo'g'an Qorabog'

Baholaganlar

19

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing