Ikkinchi jahon urushining nomini o‘zgartirish kerak – Zelenskiy dunyoni nimaga chorlamoqda?
Olam
−
09 may 2021
18127Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yangi jahon urushining oldini olishga chaqirdi. Bu haqda Ukraina rahbari devoni veb-saytida e’lon qilingan.
Zelenskiy, agar odamlar tarixdagi bir davrdan xalos bo‘lish imkoniga ega bo‘lsa, butun dunyo Ikkinchi jahon urushining oldini olishni istaydi, degan fikrni ilgari surgan.
"Afsuski, biz buni qila olmaymiz. O‘tmishdagi urushdan qochishning iloji yo‘q. Ammo kelajakda yangi urushning oldini olish uchun hamma narsa qilishimiz mumkin va bu shart", degan Ukraina Prezidenti.
Shuningdek, u urushning nomini "Ikkinchi va oxirgi jahon urushi" deb o‘zgartirishga chaqirgan.
"Dunyo "1939-1945 yillarda oxirgi jahon urushi bo‘lib o‘tdi", deyishi kerak", deb ta’kidlagan davlat rahbari.
Ma’lumot o‘rnida, 8 may kuni Ukrainada Xotira va yarashuv kuni nishonlanadi. 9 may kuni esa mamlakat Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni o‘rniga Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan G‘alaba kunini nishonlaydi.
LiveBarchasi