Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi

Jamiyat 12273
image

O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitishga nomzodlardan arizalar qabul qilish boshlandi. Arizalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz  platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Bunda nomzodlar platformada:

•    o‘zining pasport ma’lumotlari, JSHSHIR ma’lumoti haqida axborotlarni kiritadi;
•    diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
•    hamda o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlaydilar.

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Arizalar 10 avgustga qadar qabul qilinadi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 579
Reyting: 3
t
×