Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyun kunidan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitishga nomzodlardan arizalar qabul qilish boshlandi.

Hujjatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

2-mutaxassislik uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:

  • fuqarolik pasporti yoki ID-karta;
  • bakalavriat bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari;
  • xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Arizalar 10 avgustga qadar qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM ikkinchi mutaxassislik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made