Ikki o‘zbekistonlik balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha 6 fevral Rossiyaning Leningrad viloyati Sankt-Peterburg shahrida ishchi balandlikdan yiqilib, halok bo‘ldi. Bu haqda “Konkretno” xabar berdi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli ishchi kecha “Shimoliy zavod”da qurbon bo‘lgan. Ishchi soat 16:00 larda Kolomyaj ko‘chasidagi sexda ishlayotgan vaqtda 2-qavatga teng balandlikdan yiqilib tushgan. Vafot etgan o‘zbekistonlik ishchi sexda turli ishlarni bajarib, yordamchilik qilib yurgan.
 
Leningrad viloyatining Murino shaharchasida 20 yoshli migrant yangi qurilayotgan uyning 14-qavatidan yiqilib, halok bo‘lgan. Voqea 6 fevral kuni 11:20 da yuz bergan. Holat yuzasidan tekshiruv boshlangan.
 
Migrant o‘zbekistonlik bo‘lib, qurilishda shartnoma asosida ishlagan. Yigit qurilishda bir oy avval ish boshlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

155

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing