Ikki yil ichida Homs harbiy shifoxonasida 5210 kishi o‘ldirildi — Suriya muxolifati
Olam
−
10 iyul 2021
6982Suriyaning Homs shahri Al-Vaer tumanida joylashgan Abdulkadir Shukfeh nomidagi harbiy shifoxona hududida 2012 yildan 2014 yilgacha 5210 nafar suriyalik tinch aholi o‘ldirilgan. Suriyaning “Inqilobiy va muxolifat kuchlari milliy koalitsiyasi” tasarrufiga o‘tgan “Viktoria 300” nomli hujjat ma’lumotlari shundan dalolat beradi.
Ushbu hujjatlarni Istanbulda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida koalitsiya raisi Nosir Xariri ochib berdi. Unga ko‘ra, “Viktoria 300” da shifoxona shifokorlarining muhri va imzosi bo‘lgan hujjatlar mavjud.
“Bashar Asad tarafdorlari Homs viloyatining Tall an-Nasr hududida ommaviy qabrlarda o‘ldirilganlarni dafn etishdi. Bitta shifoxonaning misoli so‘nggi 10 yil ichida Asad tarafdorlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning kichik bir qismidir”, deydi Hariri.
Koalitsiya rahbari qotillikka aloqadorlarni javobgarlikka tortish uchun muxolifat AQSH, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, BMT va inson huquqlari faollari bilan ishlashiga ishontirdi.