Ikki viloyatda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
12 mart
7406Andijon va Toshkent viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.Ya. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Yangiyo‘l tumanidagi “S.” va “A.O.” shirkati a’zolariga tegishli bo‘lgan 112 sotix yer maydonini 227 ming 400 dollar evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini va’da qilib, ushbu pullar hisobidan 30 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Asaka tumanida faoliyat yurituvchi “O.Yo.” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi F.A. va “S.P.”fermer xo‘jaligi rahbari I.S. o‘zaro til biriktirib, “O.Yo.” fermer xo‘jaligiga uzoq muddatga sotish huquqisiz ajratilgan 30 sotix yer maydonini fuqarolar O.V. va X.T.ga noqonuniy yo‘l bilan sotishga kelishib, go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytib, 30 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Departamentning Parkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.M. qo‘shnisi B.U.ning ishonchiga kirib, unga “Markaziy” MFY hududidagi 12 sotix yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida rasmiylashtirib olib berishini va’da qilib, evaziga 31 mln so‘m va 3 ming dollarni olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Tekshiruv davomida M.M.tomonidan 10 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi