Ikki o‘zbekistonlik Rossiyada baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 19 noyabr kuni Rossiyaning Voronej viloyati Markaziy tumanida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

26 va 39 yoshli o‘zbekistonlik erkaklar Shishkova ko‘chasidan ketayotganda ustiga 13-qavatdan g‘ishtlar tushib ketgan.

Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismi (ehtiyotsizlik tufayli ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi ochgan. Mazkur modda bilan aybdor 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Tergov jarayoni ustidan Markaziy tumani prokurori shaxsan nazorat o‘rnatgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik qurilish Voronej

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing