Ikki o‘quvchi maktab va texnikumni portlatmoqchi bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaing Kushva shahrida ikki nafar 16 yoshli bolalar Beslandagi fojia yuz bergan kuni mahalliy maktab va texnikumda terakt rejalashtirdi. O‘quvchilar hibsga olingan. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smirlar ekstremistik guruhga a’zo bo‘lgan va internet orqali portlovchi uskuna sotib olishga uringan. Ular 1+sonli maktabni va Baranchin elektromexanika texnikumini portlatmoqchi bo‘lishgan.

Federal xavfsizlik xizmati va Rossiya Tergov qo‘mitasining Sverdlov viloyati bo‘yicha boshqarmasi holatga izoh bermagan.

Ma’lumot uchun, 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabda terakt yuz bergan. Natijada 334 kishi halok bo‘lgan, jumladan 186 nafar bolalar. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya terakt

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing