Ikki nafar davlat xizmatchisi pora olayotganda ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ikki nafar davlat xizmatchisi pora olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Davlat Xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman Soliq inspeksiyasi katta inspektori hamda Yangiyo‘l shahar Soliq inspeksiyasi sho‘’ba boshlig‘i o‘zaro til biriktirib, tadbirkorlik sub’ekti faoliyatida aniqlangan soliq qarzdorligini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yangiyo‘l tuman Soliq inspeksiyasi katta inspektori so‘ralgan pul mablag‘idan 4500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimi qizilmiya ildizini qayta ishlashga ixtisoslashgan xususiy korxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida vafot etgan 2 ishchining shartnoma asosida qonuniy ishlagani haqida xulosa berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

pora davlat xizmatchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing