Ikki kishi mast holatda bir-birini pichoqladi
Jamiyat
−
26 aprel 2019
4384Joriy yilning 25 aprel kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida ikki kishi mast holatda bir-birini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqamasi xabar berdi.
Mazkur tumanning O‘rtasaroy ko‘chasida yashovchi M.A. va Yuqorichirchiq tumani Surakent qo‘rg‘onida yashovchi N.T.lar O‘ratchirchiq tumani Mustaqillik mahallasida, mast holda o‘zaro janjal tufayli bir-birlariga pichoq bilan tan jarohati yetkazganlar. Natijada M.A. va N.T.lar kasalxonaga yotqizilganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi