Iqtisodiyoti eng yirik davlatlar reytingida Xitoy yetakchilik qilmoqda
Bu qiziq
−
20 dekabr
6523Xitoy 2024 yilda dunyoning iqtisodiyoti eng yirik davlati bo‘ldi. Bu haqda “Visual capitalist” tomonidan tuzilgan reytingda keltirilgan.
Qayd etilishicha, ushbu reytingda joriy yilda har bir G20 davlatlari yalpi ichki mahsulotining (YAIM) xarid qobiliyati paritetiga (PPP) muvofiq qiymat ko‘rsatilgan. Ma’lumotlar 2024 yil oktyabr holatiga ko‘ra Xalqaro valyuta jamg‘armasidan olingan. Barcha raqamlar yaxlitlangan va xalqaro dollarda ko‘rsatilgan.
2014 yildan beri Xitoy PPP bo‘yicha dunyodagi eng yirik iqtisodiyot hisoblanadi. Bozor ayirboshlash kurslari bo‘yicha esa u hali ham dunyoda ikkinchi o‘rinda. PPP bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan AQSH ushbu ko‘rsatkichda Xitoydan taxminan 4 trillion dollar orqada.
Quyida 2024 yilgi PPP’ga muvofiq YAIM bo‘yicha barcha G20 a’zolari reytingi keltirilgan:
- Xitoy - 33,1 trillion dollar;
- AQSH - 29,2 trillion dollar;
- Hindiston - 16,0 trillion dollar;
- Rossiya - 6,9 trillion dollar;
- Yaponiya - 6,6 trillion dollar;
- Germaniya – 6,0 trillion dollar;
- Braziliya - 4,7 trillion dollar;
- Indoneziya - 4,7 trillion dollar;
- Fransiya - 4,4 trillion dollar;
- Buyuk Britaniya - 4,3 trillion dollar;
- Italiya - 3,6 trillion dollar;
- Turkiya - 3,5 trillion dollar;
- Meksika - 3,3 trillion dollar;
- Janubiy Koreya - 3,3 trillion dollar;
- Kanada - 2,6 trillion dollar;
- Saudiya Arabistoni - 2,1 trillion dollar;
- Avstraliya - 1,9 trillion dollar;
- Argentina - 1,4 trillion dollar;
- Janubiy Afrika — 0,9 trillion dollar.