IIVda 4 boshqarma boshlig‘i o‘zgardi

Jamiyat

image
Po‘lat Bobojonovning o‘rinbosalaridan biri ishdan olindi north_east

Po‘lat Bobojonovning o‘rinbosalaridan biri ishdan olindi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi:

General-mayor Azizbek Isroilovich Ikramov – Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;

Polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev – Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari moliya va moddiy texnika ta’minoti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Polkovnik Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev – Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Polkovnik Olim Chorikulovich Saidov – Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Polkovnik Ulug‘bek Toshpo‘latovich Muhamedov – Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga.

Avvalroq, IIVning hududiy tuzilmasida tayinlovlar bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

203

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing