Po‘lat Bobojonovning o‘rinbosalaridan biri ishdan olindi
Jamiyat
−
22 noyabr 2019
13107O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari va IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin O‘tkirovich Jo‘rayev lavozimidan ozod qilindi.
Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev 2014-2016 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
U 2018 yilning dekabr oyi oxirida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Shuningdek, 2019 yil iyulida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagandi.
Prezident qarori bilan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosaridan tashqari, IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Valerevich Pan hamda yana bir necha amaldor ishdan olingan.
Hozircha bu iste’folar haqida rasmiy berilganicha yo‘q, shuning uchun uning sababi ham noma’lum.
LiveBarchasi