IIV: Yangibozordagi holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilyapti
Jamiyat
−
20 avgust 2019
5245Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangibozor tumani o‘g‘rilik jinoyatini sodir etishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan fuqaro B.Sapayevga nisbatan IIB xodimlari tomonidan tan jarohati yetkazilganligi haqida xabarlar tarqaldi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, natijalari haqida qo‘shimcha xabar beriladi.
Vazirlik OAV vakillaridan huquqni muhofaza qiluvchi organlarining rasmiy vakillaridan barcha tafsilotlar va holatlarni aniqlamay yoki IIV axborot resurslarida rasmiy xabar e’lon qilinmasdan turib, ichki ishlar organlari to‘g‘risida ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘ragan.
LiveBarchasi