IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar qildi.

Podpolkovnik Murod Raimov Toshkent shahar Yangihayot tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Murod Raimov Samarqand viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Umidjon Boyxonov Namangan viloyati Namangan shahri Davlatobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Umidjon Boyxonov Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-o‘zgalar mulkini talon-taroj qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, kapitan Azim Muhiddinov Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

491

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing