IIV tizimida katta tozalash: 10 nafar xodim ishdan bo‘shatildi, 13 tasiga xizmat tekshiruvi tayinlandi
3-sahifa
−
11:02 5934 1 daqiqa
Navoiy viloyatida 10 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlatildi. Bu haqda Navoiy viloyati IIBning shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishida, Navoiy viloyati IIBning barcha shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar tomonidan turli ko‘rinishdagi salbiy holatlar sodir etilishining oldini olish, xususan, korrupsion turdagi jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish mavzulari yuqori ko‘tarilgan.
Shuningdek, barcha rahbarlarga qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibni kunlik nazorat qilish jarayonida har bir xodimga individual tarzda yondashishlari, ularning xizmat faoliyati, ijtimoiy-oilaviy ahvoli, ruhiy-psixologik holatini inobatga olgan holda, vazifa va topshiriqlar berilishi va har bir rahbar o‘z qo‘l ostidagi xodimlariga javobgar ekanligi ta’kidlangandi.
Shu bilan bir qatorda joriy yilning 10 oyi mobaynida xodimlar tomonidan 93 ta turli xildagi salbiy holatlar sodir etilgan bo‘lib, 10 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlatilgan. Yig‘ilish davomida ham salbiy harakatlari aniqlangan 13 nafar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi tayinlangan.
Bundan tashqari, Ichki ishlar organlarini xalqchil va professional tuzilmaga aylantirish borasida ijobiy ishlarni jadallashtirish, xodimlarni jangovar va jismoniy shayligini, bilim darajalarini yanada oshirish maqsadida qator chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda “soxta” ichki ishlar xodimi ushlangandi.
Live
Barchasi