IIV “svet”siz O‘zbekistonda tartibni saqlashga qo‘shimcha qancha xodim jalb qilinganini ochiqladi
Jamiyat
−
25 yanvar 2022
9168Bugun, 25 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida keng ko‘lamli uzilish bo‘lishi oqibatida yo‘llarda svetoforlar ishlamay qolganda harakatni tartibga solish uchun Ichki ishlar vazirligining barcha shaxsiy tarkibi jalb etilgan. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
“Mamlakatimizning ayrim hududlarida elektr ta’minotining favqulotda uzilishi oqibatida, jamoat tartibini saqlash, yo‘llarda tartibni ta’minlash, fuqarolar va ularning mulklariga ziyon yetkazilishini oldini olish tadbirlariga Ichki ishlar vazirligining barcha shaxsiy tarkibi jalb etilgan”, deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda, respublikada mavjud patrullik yo‘nalishlariga qo‘shimcha ravishda 6600 dan ziyod yo‘nalishlar tashkil etilib, 1400 dan ortiq maxsus avtotransport va 12 ming nafardan oshiq shaxsiy tarkib xizmat olib bormoqda.
Vazirlik fuqarolardan xavfsizlik choralari vaqtincha kuchaytirilganligini to‘g‘ri qabul qilgan holda, xodimlarning talablariga so‘zsiz rioya qilishlarini va imkon qadar tungi vaqtlarda uyda bo‘lishlarini so‘ragan.
Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan “svet” o‘chishi sabab sarosimaga tushmaslikni so‘rab, murojaat yo‘llagandi.
“Konets sveta”
Bugun, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan dastlab, Toshkent metropoliteni faoliyati to‘xtatildi, poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.
Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha ayeroportlar faoliyati cheklandi.
O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.
Shuningdek, Toshkent shahrining qator hududlarida yelektr ta’minioti tiklandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi.
LiveBarchasi