IIV xodimining pogonini yulib, kiyimini yirtgan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 aprel kuni Toshkent shahrida profilaktika inspektorini haqorat qilib, pogonini yulib, kiyimini yirtib tashlagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa 2 aprel kuni 12:30 lada Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida 1993 yilda tug‘ilgan, ishsiz, avval sudlanmagan P.P. (ayol) yuziga tibbiy niqob taqmasdan, hech bir asosli sabab va zaruriyatsiz ko‘chada yurganligi uchun tuman IIO FMB HPB profilaktika inspektori F.Ibrohimov unga og‘zaki tanbeh berib, yuziga tibbiy niqobni taqib olishini talab qilgan. 

P.P. uning talablarini bajarmasdan, uni haqorat qilib, xizmat kiyimi yelkasidagi pogonini yulib olib, xizmatda foydalanadigan aloqa vositasining antennasini sindirib, xizmat kiyimini yirtib, unga shikast yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 05.04.2020 yilda tuman prokuraturasi tomonidan P.P.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent jinoyat ishi

Baholaganlar

625

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing