IIV xodimi tuman hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image

Bahrom Boboxonovich Tursunov Surxondaryo viloyatining Uzun tumani yangi hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda viloyat Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 20 sentyabr kuni Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu kungacha Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bahrom Boboxonovich Tursunov Uzun tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Bahrom Boboxonovich Tursunov 1981 yilning 12 noyabrida Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasini tamomlagan. Faoliyati davomida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Uzun tumani

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing