IIV Kattaqo‘rg‘ondagi portlash bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Jamiyat
−
12 aprel 2020 16014 1 daqiqa
Avvalroq, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ichki ishlar vazirligi mazkur hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Portlash 12 aprel kuni soat 06:43 da Kattaqo‘rg‘on shahar Go‘zalkent mahallasi, Bobur ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uylarning birida yuz bergan. Is gazi siqilishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida avval xabar berilganidek uch emas, ikki nafar fuqaro vafot etgan, besh nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr