Narpaydagi janjal bo‘yicha aka-ukalar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida qiz bolaga pichoq tiragan yigitlar ushlangani haqida xabarlar taqraldi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unda qayd etilishicha, joriy yilning 14 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan o‘rganildi.

Ushbu holat Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida emas, balki, Samarqand viloyatining Narpay tumanida joriy yilning 10 iyun kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni soat 23:00 larda T.S., A.Q. va Q.A. o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Narpay tumanining Oqtosh shahri hududida U.K.ga tegishli bo‘lgan “Tiko” rusumli avtomashinada G.R. bilan o‘zaro suhbatlashib o‘tirgan O.Q., U.K. va D.S.ning tanasini turli joylariga urib-tepib, ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, U.K.ga tegishli bo‘lgan “Samsung” rusumli uyali telefon va avtomashinaning bir juft “Sony” rusumli radiokarnayi, D.S.ga tegishli “Samsung” rusumli uyali telefon va 750 ming so‘m pul, O.Q.ga tegishli “Samsung” rusumli uyali telefoni va erkaklar kumush zanjirini qo‘lga kiritib, ushbu holatlarni O.Q.ga tegishli bo‘lgan “Samsung” rusumli uyali telefonga tasvirga olib, keyinchalik ushbu tasvirlarni internet tarmog‘iga joylashtirgan.

Holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Q. va uning ukasi Q.A. jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bundan tashqari, G.R. ta’kidlab o‘tgan, uning bo‘yniga O.Q., U.K. va D.S. pichoq tirab qo‘rqitganligi holati dastlabki tergov davrida o‘rganiladi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat bezorilik Xatirchi

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing