IIV Bo‘stonliqdagi mudhish YTH bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 60 yoshlar atrofidagi shaxs halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Mazkur xabar Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 20 iyul kuni soat 22:35larda, 1985 yilda tug‘ilgan B.Z. otasiga tegishli Lacetti rusumli avtomashinani Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Xo‘jakent” mahalla fuqarolari yig‘ini hududidan o‘tuvchi 4R12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil qatnov yo‘lining 72-kmda sodir bo‘lgan. Haydovchi mashinani Bektemir yo‘nalishi tomondan Chorbog‘ yo‘nalishi tomonga qarab boshqarib ketayotib, o‘z yo‘nalishiga nisbatan chap tomondan, o‘ng tomonga harakatlanib o‘tayotgan piyoda 1962 yilda tug‘ilgan S.R.ni avtomashinaning oldi tomoni bilan urib yuborgan. Natijada S.R. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish jarayonida, haydovchi B.Z. Andijon viloyatida joylashgan harbiy qismda ishlashligi aniqlanib, to‘plangan hujjatlar Bo‘stonliq tuman prokuraturasiga yuborilgan. Hozirda mazkur xolat yuzasidan hududiy harbiy prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilayotganligi ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Bo'stonliq tumani

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing