IIV: “Bolalar masjidda namoz o‘qish uchun erkin kelib-ketishlari mumkin”

Jamiyat

O‘zbekistonda karantin sabab diniy muassalalar yopilgan. Ammo koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat izga tushishi bilan cheklovlar olinadi va masjidlar ham ochiladi. Masjidlarga kelishda hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi, deyiladi Ichki ishlar vazirligi bayonotida.

“Dunyo miqyosida kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekistonda ham boshqa davlatlardagi kabi namozlarni masjidlarda jamoa bilan o‘qishda cheklovlar joriy qilindi. Bu cheklovlarning barchasi vaqtincha o‘rnatilgan bo‘lib, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining xavfi kamayishi bilan ularni bosqichma-bosqich yechish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, karantin choralari bekor qilinganidan so‘ng O‘zbekistondagi barcha masjidlarda fuqarolarning hech qanday cheklovlarsiz namozlarini jamoa bilan ado etishlari uchun zarur shart-sharoitlar ta’minlanadi.

Shu o‘rinda, Ichki ishlar vazirligi masjidlarga voyaga yetmagan fuqarolar va bolalarning o‘z ota, aka-uka va yaqin qarindoshlari hamrohligida namoz o‘qish uchun erkin kelib-ketishlari mumkinligini eslatib, bunga qonunchiligimizda hech qanday taqiqlar mavjud emasligini alohida ta’kidlaydi.

Vazirlik vatandoshlarimizning din erkinligi sohasidagi huquqlarini himoya qilishda hamda Ushbu yo‘anilshda biror qonunga zid va sun’iy cheklovlar o‘rnatilishiga qarshi kurashishda davom etadi”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgani sababli “yashil” hudud hisoblangan shahar va tumanlar ham “qizil”ga o‘zgartirilib, masjidlar yana yopildi.


Maqola muallifi

Teglar

masjid karantin

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing