IIBdan fuqaroning o‘ligi chiqdimi? Ombudsman munosabat bildirdi

3-sahifa

image

Avvalroq Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani markaziy shifoxonasi Hushyorlantirish bo‘limida 43 yoshli fuqaro o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda esa “Chortoq ichki ishlaridan yana bir fuqaroning o‘ligi chiqdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) munosabat bildirdi.

Ombudsmanga ko‘ra, joriy yilning 7 aprel kuni soat 20:00 larda marhumning turmush o‘rtog‘i erining uyga mast holatda kelib, janjal qilayotganligi haqida Chortoq tumani IIB profilaktika inspektoriga xabar qilgan.

Profilaktika inspektori murojaatni joyiga chiqib o‘rgangan va erkakni hushyorlantirish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan markaziy shifoxonaga olib borgan. Profilaktika inspektori tegishli hujjatlar va dalolatnoma rasmiylashtirgan holda erkakni soat 21:58da hushyorxonaga topshirgan.

Marhum I.U bugun, 8 aprelga o‘tar kechasi soat 00:45 larda ushbu hushyorxonaning darchasidagi temir panjaraga choyshabdan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.

"Shu kuniyoq Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila a’zolari va yaqinlari bilan suhbatlashdi", deyiladi munosabatda.

Ombudsmanga taqdim etilgan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali Yangiqo‘rg‘on tumanlararo bo‘linmasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, U.I.ning o‘limi “bo‘yin sohasining siqilishidan kelib chiqadigan mexanik asfiksiya, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi” oqibatida sodir bo‘lgan. Uning tanasida “bo‘yin qismidagi strongulasion egat”dan boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.

Hozirda holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ombudsman Chortoq Hushyorlantirish bo'limi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing