IIBB YPX xodimining yo‘lda quroldan o‘q uzganiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkentda YPX xodimi yo‘l o‘rtasida xizmat qurolidan yerga qarata o‘q uzgani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, voqea haqiqatda 7 avgust kuni yuz bergan. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilyapti.

“Biz quroldan beixtiyor o‘q uzilishi va qurolning nosozligi bo‘yicha ham tekshiruv o‘tkazyapmiz”, deyiladi boshqarma xabarida.

IIBB ichki ishlar organlari xodimi qonunga muvofiq quroldan foydalanishi mumkinligiga ham tushuntirish berib o‘tgan.

“Biz ichki ishlar organlari xodimining o‘qotar quroldan foydalanishi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinishini eslatib o‘tamiz. Shunday qilib, ushbu qonunning 24-moddasida (“O‘qotar quroldan foydalanish”) aytilishicha, ichki ishlar organi xodimi avtomashinani to‘xtatish paytida, agar haydovchi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga real xavf tug‘dirsa va qonuniy talablarga qaramay to‘xtashdan bosh tortsa, ichki ishlar organi xodimi o‘qotar quroldan foydalanish huquqiga ega”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YPX qurol

Baholaganlar

228

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing