IIBB YTH joyidan video tarqatgan shaxsni qidiryapti

Jamiyat

image

Avvalroq, Shayxontoxur tumanidagi Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi 25 yoshli Anvar R. yo‘l harakatini tartibga solib turgan YPX inspektorini urib yuborgan. haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur YTH yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Toshkent shahar IIBB rahbariyati va matbuot-xizmati bugun ertalab YTH natijasida jabr ko‘rgan YPX inspektori leytenant Murod Dadamuhammedovdan xabar olishdi.

“Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Jo‘rayev R. Murodni davolovchi shifokor bilan suhbatlashganidan so‘ng, xodimning holati qoniqarli ekanligi ma’lum bo‘ldi. General-mayor YPX inspektoriga tezroq shifo topishini tilab, Toshkent shahar IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi xodim va uning oilasiga har qanday yordam berishga tayyorligini bildirdi”, deyiladi boshqarma xabarida.

Qayd etilishicha, xodimni urib yuborgan haydovchi ham shifoxonaga kelgan. U bo‘lib o‘tgan hodisadan afsusda.

Shu bilan birga, YPX inspektori YTH joyida tushirilib, internet tarmog‘iga chiqarilgan videodan jahli chiqqan. Leytenant IIBB boshlig‘i nomiga videoni ruxsatsiz internetga joylagan shaxsga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab, raport topshirdi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan O‘z xavfsizlik xizmati xodimlariga “mobil operatori”ni shaxsini aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi. Ushbu fakt bo‘yicha to‘plangan faktlar prokuratura organlariga taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

533

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing