“Besplatno no ujasno”. Poytaxtdagi maktabda bolalarning sochi yuzasidan reyd o‘tkazilgani aytilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 142-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ichki ishlar organlari xodimlari, maktab ma’muriyati hamda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan profilaktik suhbat jarayoni aks etgan video va fotosurat tarqalib, keng muhokamalarga boshlandi. Bunga IIO xodimlari qo‘lida qaychi bilan o‘quvchilarning o‘sgan sochiga qarshi kurash boshlagani sabab bo‘ldi. Holat aks etgan videoda maktab mas’uli o‘quvchilarga sochi va formasi uchun dakki berayotganini ko‘rish mumkin. U o‘quvchilarning sochini maktabda ham kaltalatish mumkinligini, bu bepul, ammo "ujasno" bo‘lishini aytgan.

"... besplatno no ujasno. Negaki biz ustalar emasmiz. Sochni oldirib, normal ko‘rinishda kelamiz... Men sizlarni rasman ogohlantiraman. Dushanba kuni soch turmagingiz normal bo‘lmasa, xafa bo‘lmang. Eshitdingizmi?", deydi maktab mas’uli.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 10 sentyabr kuni soat 08:30 larda maktab rahbariyati va voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixologlar ishtirokida o‘quvchilar o‘rtasida “Davomat” va “Tig‘” tadbirlari bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Profilaktik tadbir jarayonida 11-sinf o‘quvchisi B.M. yonida g‘ilofsiz holda kanselyariya qaychisini olib yurgani aniqlangan. Maktab o‘quvchilariga sovuq qurol, jumladan o‘tkir tig‘li buyumlarni olib yurish taqiqlangani, kanselyariya qaychisini darsda foydalanish uchun g‘ilofda sumkada olib yurish mumkinligi tushuntirilgani aks etgan foto ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Shuningdek, profilaktik suhbat jarayonida maktab direktori tomonidan o‘quvchilarga maktabda kiyim kiyish qoidalari, tashqi ko‘rinishga ahamiyat berish kerakligi tushuntirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

643

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing