Igor Sergeyev uchun Osiyo kubogi yakunlandi

Sport

image

Osiyo kubogi 3-turidan o‘rin olgan Avstraliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida hujumchi Igor Sergeyev jarohat olib maydonni tark etdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati futbolchining jarohati bo‘yicha ma’lumot berdi.

Manbaga ko‘ra, tibbiy shtab tomonidan zarur tekshiruvlar o‘tkazilgan va Sergeyevning o‘ng tizzasidan jiddiy jarohat olgani aniqlangan.

Shunday qilib, Sergeyev turnirdagi ishtirokini yakunladi. Yaqin vaqt ichida jarrohlik operatsiyasini o‘tkazishi kerakligi aniqlandi.

“O‘FA hamda futbol jamoatchiligi nomidan Igorga Osiyo kubogidagi yorqin o‘yini uchun minnatdorchilik bildirib, salomatlik tilaymiz”, deyiladi manba xabarida.

Ma’lumot uchun, Igor Sergeyev Osiyo kubogining 2-turi doirasida Hindistonga qarshi bahsda gol urib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Igor Sergeev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing