Iftorlikda qanday taomlanish kerak?

Bu qiziq

image

Iftorlik  paytda avval ikki dona xurmo va taxminan 300 millilitrgacha iliq yoki uy haroratidagi suv bilan og‘iz ochib olamiz, so‘ngra 10–15 daqiqadan keyin, ovqatlanishimiz mumkin. 

Sekinlik bilan taomlaning. Uzoq och bo‘lishlikdan keyin ko‘p miqdorda taomlanish badan uchun stressdir. Kechki ovqat imkon qadar tez hazm bo‘ladigan va yengil bo‘lishi lozim.  Ovqatni barra salatlar, ko‘katlar bilan birga iste’mol qilish kerak. Iftorni issiq sho‘rva bilan boshlashlik, uzoq ochlikdan keyingi eng yaxshi taomlanish hisoblanadi, chunki, u organizmdagi ozuqaviy moddalar zaxirasini to‘ldiradi va badanni astalik bilan navbatdagi taomga tayyorlaydi.

Kechasi yotishdan oldin, qatiq, tarvuz va boshqa tez hazm bo‘ladigan meva va sabzavotlardan yeb olish mumkin. Ortiqcha taomlanish ovqat xazm qilishdagi muammolar va oshqozondagi og‘riqqa sabab bo‘lib qolishini unutmang. Ovqatingizda barcha darmondorilar bo‘lishiga ishonchingiz komil bo‘lsin.

Iftorda oqsillar, sabzavotlar, mevalar hamda foydali yog‘lar, shuningdek, yorma, ko‘krak go‘shti, yog‘siz go‘sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo‘lsin. Qovurilgan, tuzlangan va o‘ta yog‘li taomlarni o‘zingiz uchun cheklang. Go‘sht, tuxum va sut maxsulotlari oqsilga boy hisoblanadi. Yuqoridagi maxsulotlardan hech bo‘lmaganda bittasini iftorlikda iste’mol qilish kerak.

Shirinliklardan ham voz keching. Shirinliklar iftordan keyin qorinda damlanishga sabab bo‘ladi va ovqat xazm qilishni yomonlashtiradi. Bundan tashqari, u qon tarkibidagi glyukoza miqdorini oshirib yuboradi, natijada shirinlikka bo‘lgan talab yana ortib ketadi. Shuning uchun, shirinlikni iftordan 2-3 soat keyin iste’mol qilish tavsiya etiladi. Lekin eng yaxshisi shirinlikning o‘rnini mevalar va meva qoqilari bilan bosish kerak.

Ramazonda kofe miqdorini kamaytirish kerak, aks holda u bosh og‘rig‘i va uyqusizlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Ramazon oyida asosiy taomni uch qismga bo‘ling. birinchisi oqsillar, ikkinchisi yog‘siz go‘sht va baliq, uchinchisi esa sabzavotlar bo‘lsin. Bu ovqatlanishdagi sog‘lom mo‘tadillikka sabab bo‘ladi.

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Iftorlik taom Go'sht

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing