IFFHS yilning eng yaxshi murabbiyini e’lon qildi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti”klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Xalqaro futbol tarixi va statistikasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra 2023 yilning eng yaxshi klub murabbiyi deb topildi.

Gvardiola bu sovringa uchinchi marta ega chiqdi. Bungacha ispaniyalik mutaxassis 2009 va 2011 yillarda ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan.

2023 yilda Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" APL, Yevropa Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) ma’lumotlariga ko‘ra yilning klublardagi eng yaxshi murabbiyi:

1. Pep Gvardiola (“Manchester Siti”) – 281 ochko;
2. Karlo Anchelotti (“Real Madrid”) – 56 ochko;
3. Luchano Spalletti (sobiq murabbiy “Napoli”) – 53 ochko;
4. Simone Indzagi (“Inter”) – 51 ochko;
5. Fernando Diniz (“Fluminense”) – 33 ochko;
6. Mikel Arteta (“Arsenal”) – 30 ochko;
7. Xavi (“Barselona”) – 26 ochko;
8. Endj Postekoglu (“Seltik” / “Tottenxem”) – 12 ochko;
9. Unai Emeri (“Aston Villa”) – 8 ochko;
10. Yurgen Klopp (“Liverpul”) – 6 ochko.


Maqola muallifi

Teglar

IFFHS yilning eng yaxshi murabbiyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing