Ronaldu va Messi so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Sport
−
03 fevral 2021 5423 1 daqiqa
Xalqaro futbol tarixi va statistika federatsiyasi (IFFHS) Yevropa va Janubiy Amerikaning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi.
Italiyaning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu Yevropaning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Ikkinchi o‘rinda Ispaniyaning “Real Madrid” klubi himoyachisi Serxio Ramos qayd etilgan. Uchinchi o‘rinni esa Germaniya terma jamoasi va “Bavariya” klubi posboni Manuyel Noyer egallagan.
Ispaniyaning “Barselona” klubi forvardi Lionel Messi esa Janubiy Amerikaning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Ikkinchi o‘rinda Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Neymar qayd etilgan. Uchinchi o‘rinni esa Braziliyaning “San-Paulu” klub himoyachisi Dani Alves egallagan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust