Tarixdagi eng yaxshi futbolchilar e’lon qilindi

Sport

image

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) argentinalik hujumchi Lionel Messini barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etdi. Bu haqda federatsiya tomonidan tuzilgan reytingda keltirilgan.

Reytingda ikkinchi o‘rinni braziliyalik afsona Pele egalladi, uchinchi pog‘onaga yana bir argentinalik futbolchi Diyego Maradona joylashtirildi.

Messining eng ashaddiy raqobatchisi, futbol tarixidagi rasmiy o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bu ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rindan joy oldi.

Shuningdek, kuchli o‘nlikdan quyidagi futbolchilar ham o‘rin oldi:

  • Yoxan Kroyff (Niderlandiya) – 5-o‘rin;
  • Ronaldo (Braziliya) – 6-o‘rin;
  • Zinedin Zidan (Fransiya) – 7-o‘rin;
  • Frans Bekkenbauer (Germaniya) – 8-o‘rin;
  • Alfredo Di Stefano (Argentina/Kolumbiya/Ispaniya) – 9-o‘rin;
  • Ronaldino (Braziliya) – 10-o‘rin.

Shu bilan birga, SSSR terma jamoasi va Moskvaning “Dinamo” klubining sobiq darvozaboni Lev Yashin IFFHS talqiniga ko‘ra barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni deb e’lon qilindi.

IFFHS tuzgan reytingda ikkinchi o‘rinni italiyalik Janluiji Buffon, uchinchi o‘rinni esa germaniyalik Manuel Noyer egalladi.

Kuchli o‘nlikdan shuningdek, ispanlar Iker Kasilyas (4-o‘rin) va Rikardo Samora (9), ingliz darvozaboni Gordon Benks (5), chex Petr Chex (6), italiyalik Dino Dzoff (7), nemis darvozabonlari Zepp Mayer (8) va Oliver Kan (10) ham o‘rin oldi.

Ma’lumot uchun, Lev Yashin futbol tarixida darvozabonlar orasida “Oltin to‘p” (1963 yilda) mukofotini qo‘lga kiritgan yagona futbolchi sanaladi. FIFA tomonidan u 20-asrning eng yaxshi darvozaboni sifatida ham tan olingan.

Yashin butun futbolchilik faoliyatini Moskvaning “Dinamo”sida o‘tkazgan. U SSSR terma jamoasi safida 74 ta o‘yinda maydonga tushgan, 1956 yilgi Olimpiya chempioni va 1960 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Pele Diego Maradona IFFHS Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi Lev Yashin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing