O‘zbek klublari jahonning eng kuchli jamoalari reytingiga kiritildi

Sport

−

image

Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi (IFFHS) 2021 yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng kuchli klublari reytingini e’lon qildi.

Unda Qarshining “Nasaf” jamoasi 213-o‘rinni (89 ochko) band etgan. “Ajdarlar” hisobida 89 ochko mavjud.

Shuningdek, ushbu ro‘yxatdan O‘zbekistonning yana ikki klubi – “Paxtakor” (283-o‘rin, 75,5 ochko) va OKMK (331-o‘rin, 70,5 ochko) joy olgan.

Qayd etilishicha, Ro‘ziqul berdiyev murabbiyligidagi “Nasaf” Osiyo qit’asining eng kuchli klublari orasida 11-pog‘onada qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Qarshi jamoasi OFK kubogi finaliga qadar yetib borgan va Bahraynning “Al Muharraq” klubiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. “Paxtakor” va OKMK esa Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidan nariga o‘ta olmagan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing