Husanov Osiyoning ramziy terma jamoasidan joy oldi

Sport

image

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) 2025 yil uchun ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Undan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘rin oldi.

Ramziy jamoaga Husanovdan tashqari Yaponiya terma jamoasidan 5 nafar, Janubiy Koreya terma jamoasidan 3 nafar hamda Saudiya Arabistoni terma jamoasidan 2 nafar futbolchi kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov 2025 yil boshida Fransiyaning “Lans” klubidan Angliyaning “Manchester Citi” jamoasiga ko‘chib o‘tgandi va Angliya Premer-ligasida to‘p surgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi. Shuningdek, o‘tgan yil davomida u O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov “Goalpost” nashri talqiniga ko‘ra 2025 yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb e’tirof etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

IFFHS Abduqodir Husanov “Manchester Citi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing